Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Hindiston Kashmirdagi terrorchilik hujumiga Pokiston maxsus xizmatlarining aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarni topdi

Hindiston Kashmirdagi terrorchilik hujumiga Pokiston maxsus xizmatlarining aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarni topdi

Hindiston Kashmirdagi terrorchilik hujumiga Pokiston maxsus xizmatlarining aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarni topdi. Bu haqda The Hindustan Times xabar berdi.

"Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonga ko‘plab maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan terrorchilarni yuborish uchun “muvofiqlashtirilgan fitna” uyushtirilgani aniqlangan", deya xabar bermoqda nashr manbalari.

Qayd etilishicha, hujum qilgan besh kishining shaxsi aniqlangan. Ulardan uchtasi Pokiston fuqarolari, qolgan ikkitasi esa Jammu va Kashmir mintaqasida yashovchi shaxslar ekanligi ma’lum qilingan.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Nyu-Dehli har bir terrorchini va ularning homiylarini tinimsiz ta’qib qilishini ta’kidladi.

22 aprel kuni Hindistonda taqiqlangan “Qarshilik fronti” tashkilotiga mansub jangarilar Kashmirda sayyohlar guruhiga qarata o‘q uzgan edi. Turli ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 26 dan 28 kishigacha halok bo‘lgan, o‘nlab insonlar jarohatlangan.

Kiritildi: 18:53 24.04.2025. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!