Hindiston to‘g‘on va kanallar orqali suv oqishini nazorat qiluvchi to‘rtta shlyuzni yopib, Hind daryosining Pokiston tomon oqishini to‘sib qo‘ydi.
Bu haqda Hindistonning ANI News agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu 1960 yilda Hind suvlari to‘g‘risidagi kelishuv imzolanganidan beri bunday blokadaning birinchi holatidir. Keyin tomonlar siyosiy ziddiyatlarga qaramay, resursni bo‘lishishga kelishib olishgan.
Pokiston avvalroq Hindistonning Hind daryosidan suv oqimini to‘xtatish yoki boshqa tomonga yo‘naltirish bo‘yicha har qanday urinishini urush harakati sifatida ko‘rishini aytgan edi.