Hindiston 7 yil ichida ilk bor Erondan neft importini qayta tikladi. Rasmiylar to‘lov bilan bog‘liq muammolar yo‘qligini ma’lum qilishdi.
Bu haqda Hindiston Neft va tabiiy gaz vazirligi xabar berdi.
Idora o‘zining X sahifasida e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, Hindiston neftni qayta ishlash kompaniyalari o‘zlarining xomashyoga bo‘lgan ehtiyojlarini, jumladan, Eron yetkazib berishi hisobiga ta’minlagan.
"Tarqatilayotgan mish-mishlardan farqli o‘laroq, Eron nefti importi uchun to‘lovlarni amalga oshirishda hech qanday to‘siqlar yo‘q", — deya ta’kidladi vazirlik.
Reuters agentligining qayd etishicha, Hindiston Qo‘shma Shtatlarning sanksiyalar bosimi tufayli 2019 yildan beri Erondan neft import qilmayotgan edi. Xaridlarning qayta tiklanishi AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi ortidan yetkazib berishdagi uzilishlar sababli Vashington tomonidan cheklovlarning vaqtincha yumshatilishi fonida yuz berdi, deyiladi xabarda.