Hindiston rasmiylari noqonuniy migrantlar oqimini to‘xtatish uchun Bangladesh bilan chegaraning borish qiyin bo‘lgan qismlarini himoya qilish uchun «biologik to‘siq»dan foydalanishni ko‘rib chiqmoqda.
«To‘siq» daryolar va boshqa suv havzalariga qo‘yib yuborilgan timsohlar va zaharli ilonlardan iborat bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi The Times.
Tegishli so‘rov Hindiston Chegara Xavfsizligi Kuchlari tomonidan Ichki Ishlar Vaziri Amit Shohning ko‘rsatmasi bilan taqdim etildi.
Hindiston-Bangladesh chegarasi qariyb 4100 kilometr uzunlikda. Ushbu chegaraning taxminan 850 kilometri deyarli qo‘riqlanmaydi. Daryolar chegarani kesib o‘tgani uchun u yerga to‘siqlar o‘rnatishning iloji yo‘q. Bu daryolar ko‘pincha qirg‘oqlaridan toshib, oqimlari o‘zgaradi, bu esa Hindistonga o‘tayotgan bangladeshliklarga qo‘l keladi.
Bu hududlarni himoya qilish uchun Hindiston rasmiylari allaqachon dron patrullari va tungi ko‘rish kameralaridan foydalanganlar.