Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Hilola Umarova pedagoglarga murojaat qildi

Hilola Umarova pedagoglarga  murojaat qildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova “Tashabbusli byudjet” doirasida pul yig‘ish holatlari kuzatilsa, pedagoglarni bu haqda xabar berishga chaqirdi.

Oxirgi yillarda maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini o‘z faoliyatidan boshqa ishlarga jalb qilish, ortiqcha va asossiz yig‘di-yig‘dilarga qarshi kurashilyapti, bu masalada murojaatlar soni avvalgilariga nisbatan ancha kamaygan.

Lekin tizimda ba’zan jamoaga noto‘g‘ri talablar qo‘yayotgan, turli maqsadlar uchun mablag‘ yig‘ish topshiriqlarini berayotgan, bir so‘z bilan aytganda hamon eskicha fikrlayotgan mas’ullar ham uchrab turibdi.

Yaqinda Quva tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchilarning oylik maoshidan «open byudjet»da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qildik.

Bugun «Tashabbusli byudjet» loyihalari uchun ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu loyiha qisqa muddatda ochiqlik, fuqarolarning byudjet jarayonida ishtirokini oshirishga xizmat qilishi bilan e’tiborga tushdi. Bu ijobiy islohotlarga o‘qituvchi, ta’lim xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish, ular maoshidan pul yig‘ishlar bilan soya solmaylik.

Yana bir bor eslatmoqchiman, pedagoglarni ularning vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilish, turli maqsadlar uchun mablag‘ yig‘ish kabi holatlar bilan hech qachon murosa qilmaymiz.

Hurmatli pedagoglar, agar siz shu kabi holatlarga duch kelsangiz, vazirlikka murojaat qiling, biz har bir holatni o‘rganamiz, o‘qituvchi va MTT xodimlari manfaatini himoya qilamiz!

Kiritildi: 09:30 12.03.2025. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!