Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Hillari va Bill Klinton Epshteyn ishi bo‘yicha Kongressda ko‘rsatma beradi — CNN

Hillari va Bill Klinton Epshteyn ishi bo‘yicha Kongressda ko‘rsatma beradi — CNN

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton bugun Kongressda Jeffri Epshteyn ishi yuzasidan ko‘rsatma beradi. Uning turmush o‘rtog‘i, AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton esa ertaga tinglovlarda qatnashishi kutilmoqda.

Telekanal manbalarining aytishicha, Klintonlar bir necha oy davomida Kongressda ko‘rsatma berishdan qochishga uringan. Biroq respublikachilar ularni Kongressga hurmatsizlik aybi bilan jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilgach, juftlik ko‘rsatma berishga rozi bo‘lgan.

Bill Klinton nomi “Epshteyn fayllari”da bir necha bor tilga olinadi. Hujjatlar orasida uning Epshteyn bilan tushgan suratlari ham mavjud. Shunga qaramay, sobiq prezident moliyachi Jeffri Epshteynning jinsiy jinoyatlari haqida xabardor bo‘lmaganini ta’kidlab kelmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:35. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!