Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Kanada AQShga mudofaa qaramligidan xalos bo‘lmoqchi

Kanada AQShga mudofaa qaramligidan xalos bo‘lmoqchi

Axios xabariga ko‘ra, Kanada Yevropa davlatlaridan keyin AQShga bo‘lgan mudofaa qaramligini kamaytirish niyatida.

2026 yil fevral oyida e’lon qilingan Mudofaa sanoati strategiyasida qayd etilishicha, Kanada endilikda iqtisodiy yoki harbiy jihatdan xavfsizlik kafolati sifatida Qo‘shma Shtatlarga to‘liq tayana olmasligini tan olgan.

Hujjatda ta’kidlanishicha, «imperiya istilosining tugashi, Yevropada tinchlik mustahkamligi va eski ittifoqlarning bardoshliligi haqidagi uzoq yillik tasavvurlar barham topdi». Shu bois, beqaror dunyo sharoitida Kanadaning o‘z mudofaasini mustaqil ta’minlashi va suverenitetini himoya qilishi har qachongidan ham muhimroq ekani urg‘ulangan.

Strategiyada milliy mudofaa sanoatini rivojlantirish, qurol-yarog‘ va harbiy texnologiyalar ishlab chiqarishni kuchaytirish, shuningdek, yangi sheriklik formatlarini izlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Kiritildi: 21:40 25.02.2026. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!