Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

“Hijob masalasi”: Rossiyada federal darajada janjal avj oldi

“Hijob masalasi”: Rossiyada federal darajada janjal avj oldi

Vladimir viloyatidagi hokimiyatlar maktablarda niqob va hijob kiyishga taqiq kiritdi. Bu haqida DW nashri yozmoqda. Taqiqqa sabab qilib, “ishbilarmonlik muhitini” yaratish va “milliy va diniy asosdagi nizolarni” oldini olishni ko‘rsatishgan. Ammo mintaqaviy masala federal darajadagi bahsga aylandi. Bir necha kun ichida Rossiyada ikki lager – Z-patriotlar va Shimoliy Kavkaz respublikalari siyosatchilari o‘zaro janjallashgan.

✔️Rossiya Davlat Dumasi deputati, Dog‘istonlik Biysulton Hamzayev Vladimir viloyatidagi amaldorlarni “ahmoqlar” deb atadi. Chechenistondan uning hamkasbi Adam Delimxanov Telegram-da Ramzan Qodirov nomidan Vladimir viloyati mahalliy amaldorlari bilan “muzokaralar” o‘tkazayotganini ma’lum qildi.

✔️Delimxanovning bayonotlari Z-patriotlarining noroziligini uyg‘otdi. Provoyenniy Telegram-kanali “Ikki mayor” Vladimir viloyati hokimiyatiga bosim o‘tkazishni “chechen deputatlarining boshqa hududlarga ta’sirini kengaytirishi” deb atadi. Shuningdek, “voyenkor” Roman Saponkov “bunday harakatlar federal markazni zaiflashtirish namunasi emasmi?”,degan savolni qo‘ydi.

✔️Vladimir viloyati hokimiyatining harakatlari qanchalik qonuniy ekanini baholash qiyin, ular musulmonlar uchun juda nozik masalani ko‘tarishdi, deydi DW nashriga islomshunos Ahmad Yorliqapov. Agar niqob Shimoliy Kavkazda an’anaviy kiyim bo‘lmasa, hijobga alohida munosabat bor. “Uni taqiqlash mumkin emas”, deydi Yorliqapov. Va bunday cheklovlar, uning fikricha, jamiyatdagi tanglikni oshiradi.

Kiritildi: 12:22 03.11.2024. O'qildi: 8211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!