Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

«Hech qachon!»: Pep Gvardiola «Manchester Siti»dan ketishi haqidagi xabarlarga keskin javob qaytardi

«Hech qachon!»: Pep Gvardiola «Manchester Siti»dan ketishi haqidagi xabarlarga keskin javob qaytardi

Shanba kuni «Manchester Siti» Angliya Kubogi finalida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar Xosep Gvardioladan bo‘lajak «Uembli» tashrifi u uchun «shaharliklar» bosh murabbiyi sifatidagi oxirgisi bo‘ladimi-yo‘qmi, deb so‘rashdi.

«Yo‘q, hech qachon, hech qachon! Shartnomam bo‘yicha yana bir yilim bor!» – deya ispaniyalik mutaxassisning javobini keltirmoqda The Touchline nashri.

Ommaviy axborot vositalarida Gvardiolaning joriy mavsum yakunida «Manchester Siti»dan ketishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar bir necha oydan beri davom etmoqda. Hatto uning o‘rnini egallashi kutilayotgan o‘rinbosar ham ma’lum — bu «Chelsi» sobiq ustozi Enso Mareskadir.

Final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Kiritildi: Bugun 13:04. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!