Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Saudiya Arabistoni Professional ligasining 32-turidan o‘rin olgan uchrashuvda birinchi o‘rinda borayotgan “An-Nasr” eng yaqin ta’qibchisi “Al-Hilol”ni qabul qildi.

O‘yin poytaxtdagi “Al-Avval Park” stadionida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam sifatida Donatas Rumshas ishladi. Uchrashuv 1:1 hisobida tugadi.

37-daqiqada mezbonlar himoyachisi Muhammad Simakan hisobni ochdi. Agar mezbonlar shu hisobni ushlab qolganida muddatidan avval chempionligini qo‘lga kiritar edi. Biroq 90+8-daqiqada “An-Nasr” darvozaboni Bento o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.

Saudiya chempionatida 33 ta o‘yindan keyin “An-Nasr” 83 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinda bormoqda. Pro-liga tugaguniga qadar jamoa yana bir o‘yin o‘tkazadi. “Al-Hilol” esa 32 ta uchrashuvda 78 ochko to‘plab, ikkinchi pog‘onada joylashgan. Mavsum yakunigacha ularda yana ikki o‘yin qolgan.

Agar oxirgi uchrashuvda “An-Nasr” g‘alaba qozonsa, Krishtianu Ronaldu bu jamoa safidagi ilk yirik sovriniga ega chiqadi.

Kiritildi: Bugun 10:06. O'qildi: 474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!