Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hazorasplik ota farzandining voyaga yetguniga qadar bo‘lgan 150 mln. so‘m aliment pulini bir yo‘la to‘lab berdi

Hazorasplik ota farzandining voyaga yetguniga qadar bo‘lgan 150 mln. so‘m aliment pulini bir yo‘la to‘lab berdi

Konstitusiyamizning 77-moddasiga asosan, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.

Byuroning Hazorasp tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 03.12.2014 yildagi qarzdor A.A.dan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oydagi jami daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan ijro hujjati kelib tushgan.

Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ijro ishi bo‘yicha qarzdor A.A. tomonidan belgilangan aliment pullari ixtiyoriy ravishda oyma-oy to‘liq to‘lab kelingan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor farzandi voyaga yetgunga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lash istagini bildirib, farzandi voyaga yetgunga qadar hisoblangan jami 150 mln. so‘m aliment to‘lovlarini amalga oshirganganligi sababli, ijro ishi amalda tamomlandi.

Kiritildi: 11:55 12.08.2025. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!