Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Energoinspeksiya va Qurilish inspeksiyasi hamda Sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Toshkent shahridaning 12 tumanidagi qurilish ob’ektlari kompleks o‘rganildi. Jarayonga 140 nafar xodim jalb etildi.
Tadbirlar davomida 96 ta qurilish ob’ekti o‘rganildi. Shundan 60 ta holatda havoning chang‘ va qum bilan ifloslanishining oldini olish bo‘yicha majburiy talablar buzilganligi aniqlandi. Shuningdek, 47 ta holatda qurilish maydonining 25 foizini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha talab bajarilmagan.
Huquqbuzarliklarga qarshi qat’iy chora ko‘rildi: 15 ta ob’ektda qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatildi, 70 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortili, 68 nafar shaxs rasmiy ogohlantirildi.
Bundan tashqari, 24 ta ob’ektda suv yuvish moslamalari o‘rnatilishi ta’minlandi, 62 ta ob’ektda esa avtomashinalar shinalarini yuvish uchun basseynlar yaratildi.