Bugun 27 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan xalqaro terroristik tashkilot a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi

25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan xalqaro terroristik tashkilot a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, xalqaro terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun 25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi joriy yilning noyabr oyida xorijda ushlanib, mamlakatimizga olib kelindi.

Diniy ekstremistik oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, “hijrat” va “jihod” qilishni maqsad qilgan ushbu shaxs 1999 yilda O‘zbekistondan chiqib ketgan hamda Afg‘oniston, Pokiston va Suriya davlatlari hududlaridagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

O‘zganing nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida yashirinib yurgan mazkur shaxs MDHga a’zo davlatlardan birida qo‘lga olindi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 154- (yollanish), 155- (terrorizm), 159- (O‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

🖥Ta’kidlash lozimki, qonun ustuvor bo‘lgan mamlakatimizda har bir sodir etilgan jinoyat uchun jazo muqarrarligi ta’minlanadi.

Kiritildi: Bugun 07:12. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!