Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Havo sovuqligi uchun Trampning inaugurasiyasi Kapitoliy ichkarisiga ko‘chirildi

Havo sovuqligi uchun Trampning inaugurasiyasi Kapitoliy ichkarisiga ko‘chirildi

Donald Trampning 20 yanvar, dushanba kuni o‘tkaziladigan inaugurasiyasi yopiq joyga ko‘chirildi.

Sovuq havo mehmonlar va qatnashchilarni qiynab qo‘ymasligi uchun Tramp shaxsan ko‘rsatma bergan. Marosim Qo‘shma Shtatlar Kapitoliysi rotondasida (gumbazi ostida) o‘tkaziladi.

«Ob-havo prognoziga ko‘ra, Vashington, Kolumbiya okrugida shamol omili qo‘shilib havo harorati rekord darajada pasayishi mumkin. Mamlakatga arktik bo‘ron yaqinlashmoqda. Odamlar aziyat chekishi yoki jarohatlanishini istamayman», — dedi Tramp 17 yanvar kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan postida.

Qo‘shimcha qilishicha, bayram paradi Vashingtondagi Capital One majmuasida o‘tkaziladi, siyosatchi qasamyod qilib bo‘lgach u yerga borishini aytdi.

The New York Times yozishicha, noqulay ob-havo tufayli qasamyod marosimini binoda o‘tkazgan AQShning so‘nggi prezidenti Ronald Reygan (1985 yil) hisoblanadi.

Kiritildi: 02:23 19.01.2025. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!