18 yanvardan boshlab Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida faqat BS6 standartiga (Evro-6 ga teng) mos keladigan transport vositalariga harakatlanishga ruxsat beriladi. Shahar tashqarisida ro‘yxatdan o‘tgan BS3 va BS4 rusumidagi (chiqindisi yuqori) avtomobillar shaharga kiritilmaydi.
Ushbu choralar taxminan 1,2 million avtomobilga ta’sir qilishi mumkin. Yoqilg‘i quyish shoxobchalari ham ekologik sertifikati yo‘q mashinalarga yoqilg‘i quyishni rad etadi.