Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Havo ifloslanishi sabablari o‘rganilib, yechimlar ishlab chiqilmoqda

Havo ifloslanishi sabablari o‘rganilib, yechimlar ishlab chiqilmoqda

Bugungi kunda atmosfera havosi ifloslanishi dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida havo sifatiga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu muammoni samarali hal etish uchun, avvalo, ifloslanish sabablari va asosiy manbalarini aniqlash muhim hisoblanadi.

Shu maqsadda Prezident farmoni bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi Ixtisoslashtirilgan atmosfera laboratoriyasi markazi tashkil etilgan. Markaz rahbari, texnika fanlari doktori Zikrilla Alimovning ta’kidlashicha, markaz laboratoriyasida ilg‘or xalqaro tajriba va zamonaviy uskunalar asosida atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarning kelib chiqish manbalari o‘rganilmoqda. Bu esa havo ifloslanishida qaysi omillar ko‘proq ta’sir ko‘rsatayotganini aniqlashga yordam beradi.

Ayni paytda Toshkent shahrining barcha tumanlarida havodan maxsus filtrlar orqali namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinmoqda. Tadqiqotlar davomida ifloslantiruvchi moddalarning manbalari, ularning havo sifatiga ta’siri hamda meteorologik sharoitlar bilan bog‘liq jihatlari o‘rganilmoqda. Kelgusida bu tajribani respublika bo‘ylab keng joriy etish ham rejalashtirilgan.

Havo sifatiga inson faoliyati bilan bog‘liq omillardan tashqari, ob-havo sharoiti ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt yog‘ingarchilik bo‘lmasligi chang miqdorining ortishiga olib kelishi mumkin. Harorat inversiyasi vaqtida esa yerga yaqin havo qatlamida ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi cheklanib, ularning to‘planishi kuchayadi.

Ushbu tadqiqotlar havo ifloslanishining asl sabablarini aniqlash, muammoning oldini olish va uning salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga ega. Zero, havo sifatini yaxshilash uchun nafaqat ifloslanishni kuzatish, balki uni keltirib chiqarayotgan manbalarni aniqlab, ilmiy asoslangan yechimlarni amalga oshirish zarur.

Kiritildi: Bugun 12:29. O'qildi: 155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!