Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Harbiy xizmatchilarga turar-joyni ijaraga olganlik uchun to‘lanadigan kompensasiya miqdori oshirildi

Harbiy xizmatchilarga turar-joyni ijaraga olganlik uchun to‘lanadigan kompensasiya miqdori oshirildi

“Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (214-son, 09.04.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, harbiy xizmatchilarga turar-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lab beriladigan oylik pul kompensasiyasi miqdori 20 foizga oshirildi. Bunda pul kompensasiyasi miqdorlariga quyidagicha o‘zgartirish kiritildi:

▪️Toshkent shahrida — BHMning 4,8 baravarigacha;

▪️Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3,6 baravarigacha;

▪️respublikaning boshqa shaharlari, tumanlar markazlari va aholi punktlarida — BHMning 2 baravarigacha.

✅Shuningdek, 2025 yil 1 iyundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini ajratish ko‘rsatkichlari asosida uy-joy bilan ta’minlanadigan, kalendar hisobida 10 yildan ortiq harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilarga turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ajratiladigan dastlabki badal miqdori uy-joyning hisoblangan qiymati 35 foizi miqdorida belgilandi.

📌Oldin mazkur miqdor barcha uchun 25 foizni tashkil etgan.

✔️Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va nogironligi bo‘lgan harbiy xizmatchilarni birinchi navbatda turar joy bilan ta’minlash, agar ular uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida turar joy bilan ta’minlangan bo‘lsa, qaytarilmagan kredit miqdori va kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar Davlat byudjeti hisobidan to‘liq qoplab beriladi.

Kiritildi: 13:49 10.04.2025. O'qildi: 1114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!