Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin–Zelenskiy uchrashuvi ehtimoli ortayapti! Peskov muhim shartni ma’lum qildi

Putin–Zelenskiy uchrashuvi ehtimoli ortayapti! Peskov muhim shartni ma’lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin, biroq muzokaralar olib borayotgan delegasiyalar «ma’lum kelishuvlarga» erishgandan keyingina», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

«Biz bunday uchrashuvni ikki tomon delegasiyalarining ma’lum kelishuvlarga erishish yo‘lidagi faoliyati natijasi deb hisoblaymiz, lekin aynan ish natijasida va ikki tomon kelishuvlari ko‘rinishida ma’lum natijalarga erishilganidan keyin bo‘lishi mumkin», dedi Peskov.

Peskov, shuningdek, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun o‘z shartlari ro‘yxatini tayyorlayotganini va uni Ukrainaga topshirishini tasdiqladi. Avvalroq rossiyalik muzokarachilar rahbari Vladimir Medinskiy Moskva va Kiyev bunday shartlarni navbatdagi uchrashuvgacha batafsil bayon qilishga kelishib olganini aytgandi.

Istanbuldagi Ukraina delegasiyasi rahbari Rustem Umerov muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida «keyingi qadam yetakchilar darajasida uchrashuv tashkil etish bo‘lishi kerakligini» aytdi. Medinskiyning aytishicha, muzokaralar davomida Ukraina delegasiyasi bunday uchrashuvni taklif qilgan va rossiyalik muzokarachilar «bu iltimosni inobatga olgan».

Muzokaralardan bir necha kun oldin Zelenskiy Putinni Turkiyada shaxsiy uchrashuv o‘tkazishga qayta-qayta chaqirgan edi. Muzokaralar boshlangan kuni u Anqaraga bordi va yana bir bor Rossiya prezidenti bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi. Putin bu taklifga hech qanday munosabat bildirmadi.

Kiritildi: 16:55 17.05.2025. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!