Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

HAMAS terror tashkiloti G‘azodagi hokimiyatdan voz kechishni rejalashtirmoqda

HAMAS terror tashkiloti G‘azodagi hokimiyatdan voz kechishni rejalashtirmoqda

BBC xabariga ko‘ra, Xamas guruhi G‘azo sektori ustidan nazoratni boshqa Falastin tuzilmasi qo‘liga topshirishga tayyorligini bildirgan. Falastinlik yuqori martabali amaldorning aytishicha, taklif hozirda G‘arbiy Sohilni nazorat qilayotgan Falastin ma’muriyati yoki yangi ma’muriy tuzilmani o‘z ichiga olishi mumkin.

Hamas G‘azo sektorini 2007-yildan, Falastin ma’muriyatini ag‘darganidan beri boshqarib keladi. Biroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu avvalroq Falastin ma’muriyati anklavning kelajakdagi boshqaruvida ishtirok etishini rad etgan edi.

Arafada Isroil va XAMAS o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lib turgan Qatar va Misr vakillari tomonlarga besh yildan yetti yilgacha sulh tuzishni taklif qilishdi.

Bundan tashqari, rejada falastinlik asirlar evaziga barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilish, urushni rasman tugatish va Isroilning G‘azo sektoridan to‘liq chiqib ketishi ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 16:02 23.04.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!