Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

HAMAS: Isroil asirlarining jasadlarini topshirish G‘azoga uskunalar kiritish rad etilgani uchun kechiktirildi

HAMAS: Isroil asirlarining jasadlarini topshirish G‘azoga uskunalar kiritish rad etilgani uchun kechiktirildi

HAMAS harakatining ma’lum qilishicha, Isroil asirlarining jasadlarini topshirish kechikmoqda, chunki Isroil G‘azo sektoriga qutqaruv uskunalarini kiritishga ruxsat bermagan.

«Ayrim isroillik asirlarning jasadlari Isroil bombardimonlari natijasida vayron bo‘lgan tonnel va binolar vayronasi ostida qolgan. Kechikish aynan Isroilning G‘azoga uskunalar kiritmasligi bilan bog‘liq», — deyiladi harakat bayonotida.

HAMAS ta’kidlaganidek, yetib borish mumkin bo‘lgan barcha jasadlar allaqachon topshirilgan, ammo qolganlarini olib chiqish uchun zarur texnika mavjud emas. «Biz Isroil hukumatini kechikish uchun to‘liq javobgar deb hisoblaymiz», — deyiladi bayonotda.

Harakat vakili Hazem Qosim xalqaro hamjamiyat bir necha isroillik askar taqdiriga e’tibor berib, biroq vayronalar ostida qolgan minglab falastinliklarning jasadlariga befarq munosabatda bo‘lishini ikkiyuzlamachilik deb atadi.

Avvalroq G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil tomonidan topshirilgan 120 nafar falastinlik jasadini qabul qilgani, ularning ko‘pchiligining shaxsi hali aniqlanmaganini ma’lum qilgan edi. Og‘ir texnika yetishmasligi sababli qutqaruv ishlari sekin kechayotgani ta’kidlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning ikki yildan ziyod davom etgan hujumlari natijasida G‘azodagi infratuzilma va qutqaruv uskunalari deyarli butunlay yo‘q qilingan.

HAMAS Binyamin Netanyaxu hukumatini kelishuvni kechiktirish, Rafah o‘tish nuqtasini yopish va gumanitar yordamni cheklashda ayblamoqda.

G‘azo hukumati axborot xizmatiga ko‘ra, Isroil o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan beri sektoriga atigi 653 yuk mashinasi gumanitar yordam kiritilgan. Kelishuvga ko‘ra esa, har kuni 600 ta yuk mashinasi yoqilg‘i va oziq-ovqat olib kirishi kerak edi.

Kiritildi: 14:53 17.10.2025. O'qildi: 634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!