Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektoridagi Al-Shifa kasalxonasida dala qo‘mondonlaridan biri Faiq al-Mabhuhning o‘lganini tasdiqladi.
Tegishli bayonotni harakatning rasmiy vakili Izzat al-Rishq rasmiy Telegram-kanalida e’lon qildi.
“G‘azo polisiyasi markaziy operasiyalar boshqarmasi boshlig‘i Faiq Abdel Rauf al-Mabhuhning G‘azo shahrida qo‘rqoqlarcha o‘ldirilishi marhumning anklavdagi xavfsizlikni ta’minlash va insonparvarlik yordami yetib borishiga qaratilgan barcha sa’y-harakatlariga qaramay sodir etilgan jinoyatdir”, deyiladi xabarda.