Falastin tashkiloti Telegramda e’lon qilgan bayonotida Isroilning G‘azoga qarshi urushida minglab falastinlik bolalarning halok bo‘lishi uchun Isroil va uning rahbarlarini sud qilishni talab qilmoqda.
Falastinning sobiq rahbari Yosir Arofat tashabbusi bilan joriy etilgan Falastin bolalari kuni har yili 5 aprelda nishonlanadi.
HAMASning bayonotida ta’kidlanishicha, "G‘azo sektorida tajovuz boshlanganidan beri taxminan 19 ming bola shahid bo‘ldi, 39 mingga yaqini esa ota-onasidan birini yoki ikkalasini ham yo‘qotdi." Bu raqamlar G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga mos keladi.
Bayonotda yana shunday deyiladi: "Jazosizlik muhiti xalqaro hamjamiyatning harakatsizligi sharoitida okkupantlarni falastinlik bolalarga qarshi jinoyatlarini kuchaytirish uchun rag‘batlantirmoqda. Biz inson huquqlari tashkilotlarini okkupasiya jinoyatlarini fosh etish va falastinlik bolalarni himoya qilish bo‘yicha o‘z mas’uliyatlarini to‘liq bajarishga da’vat etamiz."