Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

HAMAS 120 nafar falastinlik evaziga 4 isroillikni ozod qiladi

HAMAS 120 nafar falastinlik evaziga 4 isroillikni ozod qiladi

HAMAS 120 nafar falastinlik evaziga 4 isroillikni ozod qiladi.

"HAMAS va Isroil o‘rtasida 42 kun amalda bo‘ladigan sulhning birinchi bosqichi doirasidagi almashinuvlar haftaning har shunbasiga belgilangan edi. Biroq HAMAS birinchi almashinuvda Isroil tomoni 90 nafar falastinlikni ozod qilishda kechikkanini aytmoqda va shu sabab 4 nafar isroillik ayolni kelgusi yakshanba kuni garovdan ozod qilinishini bildirdi", deb xabar bermoqda Al Mayadeen telekanali.

HAMAS vakillariga ko‘ra, sulhni amalga oshirishning birinchi va ikkinchi kunlari mahbuslarni almashish va yordam yetkazib berish borasida yaxshi o‘tgan, biroq keyingi kunda Isroil razvedka parvozlari va tinch aholiga qarata o‘q uzish harakatlari kelishuvning buzilishiga yo‘l qo‘ygan.

"HAMAS bilan hamkorlikda ishlayotgan Qatar va Misr vositachilari, shuningdek, amerikaliklar va isroilliklar kelishuvning bajarilishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Isroilning qonunbuzarliklari, ayniqsa tinch aholiga qarata otishmalar kelishuvga tahdid soladi", – deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 12:23 21.01.2025. O'qildi: 936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!