Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Hal qiluvchi bahs: O‘zbekiston U-20ga Suriyaga qarshi durang ham yetarli

Hal qiluvchi bahs: O‘zbekiston U-20ga Suriyaga qarshi durang ham yetarli

Bugun, 6 sentyabr kuni O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 2027 yilgi U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi.

Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari Toshkentdagi "Do‘stlik" stadionida Suriya U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dastlabki ikki turni yo‘qotishsiz o‘tkazdi. Vakillarimiz avval Bangladeshni 2:0, keyin esa Hindistonni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Natijada jamoa 6 ochko bilan "B" guruhida peshqadam bo‘lib turibdi.

Suriya esa 3 ochko bilan ikkinchi pog‘onada. Shu bois bugungi uchrashuv guruh g‘olibini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonga Suriyaga qarshi g‘alaba yoki durang 2027 yilgi U-20 Osiyo kubogi final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olish uchun yetarli bo‘ladi.

O‘zbekiston — Suriya
6 sentyabr, 19:00
"Do‘stlik" stadioni, Toshkent.

Kiritildi: Bugun 14:16. O'qildi: 156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!