Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Hakamga nisbatan agressiv munosabatda bo‘lgan murabbiy 9 oyga chetlatildi

Hakamga nisbatan agressiv munosabatda bo‘lgan murabbiy 9 oyga chetlatildi

Paulu Fonseka taxmin qilinganidan ko‘ra qattiqroq jazolandi.

Avvalroq «Lion» bosh murabbiyi «Brest» (2:1) bilan o‘yin oxirida Benua Miyo tomonidan chetlatilgach, hakamga nisbatan o‘zini agressiv tutgan va yuzma-yuz turib unga baqirgandi.

LFP intizomi qo‘mitasi portugaliyalik mutaxassisni 9 oyga chetlatishga qaror qildi, deya xabar beradi RMC Sport.

Bu holatda qaror ikki qismdan iborat. Birinchisi: Fonsekaga 2025 yil 15 sentyabrgacha o‘yin kunlari hatto o‘z jamoasining kiyinish xonasiga ham kirish taqiqlandi. Ikkinchisi: 30 noyabrgacha umuman zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish ma’n etildi.

Kiritildi: 11:44 06.03.2025. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!