Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda bahoriy iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda bahoriy iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

18—19 fevral kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda va 19 fevral kuni Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va bahoriy iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi. Bu harorat mart oyining oxiri va aprel oyining boshidagi iqlim ko‘rsatkichlariga mos keladi. Harorat kechalari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 18 fevralda ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi.

Toshkentda 17—20 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. 17—19 fevralda harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 11-14 daraja iliq, 20—21 fevralda kechalari 2-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 15-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Kiritildi: 12:20 17.02.2025. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!