Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Hafta davomida shamolli ob-havo tufayli chang-to‘zon ko‘tarilishi kutilmoqda.

Hafta davomida shamolli ob-havo tufayli chang-to‘zon ko‘tarilishi kutilmoqda.

Bunday ob-havo sharoitida ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Ma’lumot uchun:
21 sentyabrdan boshlab Urganch, Qarshi va Samarqand shaharlarida mayda zarrachalar PM2,5 va PM10 miqdori ko‘tarilgan.

22 sentyabr kuni Qarshi, Buxoro, Samarqand, Guliston va Jizzax shaharlarida mayda zarrachalar PM2,5 va PM10 miqdori ortgan va meteorologik sharoit (g‘arbiy hujum) ta’sirida Toshkentga yetib keldi.

Toshkent shahrida 22 sentyabr kuni soat 15:00 dan boshlab mayda zarrachalar PM2,5 va PM10 miqdorining oshishi kuzatildi.

Avvalroq, Toshkent shahri dunyo bo‘yicha havo ifloslanish darajasida yetakchilik qilgani haqida xabar berilgandi. Xalqaro IQAir portali ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt havosi “binafsharang” xavf darajasiga yetdi va nafas olish uchun eng noqulay sharoitlardan biri yuzaga keldi.

Asosiy ifloslantiruvchi sifatida qo‘pol PM10 zarrachalari qayd etilgan bo‘lsa, PM2.5 mayda chang‘ zarrachalari miqdori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan yillik o‘rtacha me’yorlardan qariyb 9,4 baravar yuqori ekani kuzatilmoqda.

Kiritildi: 23:27 22.09.2025. O'qildi: 1055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!