O‘zgidromet xabariga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida havo harorati +2...+3 darajaga ko‘tariladi va kunduz kunlari havo +35...+37 darajagacha isiydi. Hududning katta qismida ushbu kunlarda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
Faqat respublikaning shimolida havo bulutlilik kuchayishi kutilmoqda, ammo bu hududda ham quruq ob-havo saqlanib turadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 2 sentyabrda ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kunduzi 2-3 sentyabrda +31...+33 daraja, 4-5 sentyabrda +35...+37 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari +16...+18 darajadan +20...+22 darajagacha ko‘tariladi.