Gvineya-Bissauda to‘ntarish orqali hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar mamlakatning vaqtinchalik prezidentini tayinladi, deb xabar bermoqda BBC.
Nashrning xabar berishicha, to‘ntarishdan bir sutka o‘tib, Gvineya-Bissau harbiylari general Orta N'Tamni bir yilga mamlakatning vaqtinchalik rahbari sifatida tayinladi. Avvalroq harbiylar mamlakat ustidan nazoratni qo‘lga olganini e’lon qilgan edi.
Gvineya-Bissau prezidenti Umaru Sissoko Embalo esa chorshanba kuni davlat to‘ntarishi natijasida o‘zining hibsga olingani ma’lum qilgandi.
Afrika Ittifoqi va G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati kuzatuv missiyalari rahbarlari qo‘shma bayonotida harbiylarning davlat to‘ntarishi haqida bergan xabaridan "jiddiy xavotir" bildirdi.