Ko‘rinishidan, shu yozda «Manchester Siti»ni keng ko‘lamli qayta qurish ishlari kutmoqda. El Nacional nashrining xabar berishicha, Xosep Gvardiolaning jamoa bosh murabbiyi lavozimida qolishi dargumon. Tajribali mutaxassis o‘z lavozimini tark etish borasida deyarli bir qarorga kelib bo‘lgan — Gvardiola klubdagi faoliyati o‘z nihoyasiga yetganini va loyiha tugaganini his qilmoqda.
Gvardiola yoki ta’tilga chiqadi, yoki biror terma jamoani boshqaradi. «Manchester Siti» murabbiylik kursisida Xosepning o‘rnini avval uning shtabida faoliyat yuritgan Enso Mareska egallashi mumkin.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, yozgi transfer oynasida jamoaning ikki nafar top-yarim himoyachisi — Rodri va Bernardu Silva ham «Manchester Siti»dan ketishi kutilmoqda.