Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Gvardiola: «Manchester Siti»ga yana transferlar kerak»

Gvardiola: «Manchester Siti»ga yana transferlar kerak»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibi haqida fikr bildirdi.

Kataloniyalik mutaxassis klubga yana yangi futbolchilar zarurligini ta’kidladi. Uning aytishicha, yaqinlashib kelayotgan yangi musobaqa tufayli jamoaga ko‘proq o‘yinchilar kerak bo‘ladi.

«Albatta, bizga yangi transferlar kerak. Menimcha, "Manchester Siti" futbolchi sotib olishi lozim, ammo shu bilan birga mavjud tarkibni ham saqlab qolish muhim. Bizga biroz kattaroq tarkib kerak… ayniqsa, oldinda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bor», – deb Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Yanvar oyidagi transfer oynasidan so‘ng, «Manchester Siti» o‘z tarkibini to‘rt nafar yangi futbolchi bilan kuchaytirdi:

— Abduqodir Husanov (himoyachi)
— Vitor Reys (himoyachi)
— Niko Gonsales (yarim himoyachi)
— Omar Marmush (hujumchi)

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz klubi bu transferlar uchun 200 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflagan.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yozda AQShda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:00 26.02.2025. O'qildi: 1345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!