Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Gvardiola «Manchester Siti»dagi vorisi kim bo‘lishi mumkinligini aytdi

Gvardiola «Manchester Siti»dagi vorisi kim bo‘lishi mumkinligini aytdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajakda uning o‘rnini kim egallashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Pepning fikricha, jamoaning sobiq sardori, hozirda «Bavariya»da muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Vensan Kompani kun kelib «shaharliklar» ustoziga aylanadi.

Gvardiola belgiyalik mutaxassisning iqtidoriga ancha oldin — u hali «Byornli»ni boshqarib yurgan kezlaridayoq yuqori baho berganini eslab o‘tdi.

«Men buni ancha oldin, «Byornli»ga qarshi kubok bahslarida o‘ynaganimizdayoq aytgandim. Uning jamoasi o‘yinlarini kuzatib, ertami-kechmi Vensan shu yerda (Sitida) bo‘lishini tushunganman.

To‘g‘ri, u hali yosh, «Bavariya»da endigina ikki mavsumni o‘tkazdi, shu bois yana bir muddat Myunxenda ishlasa kerak. Ammo ichki sezimim aytmoqdaki, agar Kompani va «Bavariya» yo‘llari ayro tushsa, u albatta Angliyaga qaytishni istaydi. Ishonchim komilki, «Manchester Siti» uning yuragida va u qachondir yana klubimizga qaytadi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

Ma’lumot uchun, Vensan Kompanining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Uning qo‘l ostida myunxenliklar joriy mavsumda Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritdi va YECHL yarimfinaliga qadar yetib keldi.

Kiritildi: Bugun 09:37. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!