"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs oldidan Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.
"Husanov bu mavsumda doimiy tarzda o‘ynab kelmoqda. Ammo “Arsenal”ga qarshi o‘yinda jarohat olgach, keyin bir necha uchrashuvda maydonga tushmadi. Sababi Ruben Diash juda yaxshi harakat qildi. Xusa har safar o‘ynaganda, o‘zini juda yaxshi tutgan. Husanov doim maydonga tushganda, u doim yaxshi harakat qilgan", - deb fikr bildirdi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Manchester derbisi bugun 17:30 da start oladi.