«Bornmut» qanot hujumchisi Antuan Semenyoning 72 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgach, «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarixda umumiy transfer xarajatlari 2 milliard yevrodan (2,58 mlrd yevro) oshgan ilk murabbiyga aylandi. Bu haqda Transfermarkt internet-portali xabar bermoqda.
54 yoshli mutaxassis faoliyati davomida «Barselona»ning yoshlar va asosiy jamoasi, «Bavariya» hamda «Manchester Siti»ni boshqargan. Gvardiola «shaharliklar»ni 2016 yil yozida qabul qilgan. Uning rahbarligida jamoa Angliya Premyer-ligasida olti marta g‘olib chiqqan, shuningdek, Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan. Ispaniyalik murabbiyning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.