Xorvatiyalik yarim himoyachi Mateo Kovachich yaqin vaqtlar ichida "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli yarim himoyachining transferiga Premyer-liganing ikki vakili qiziqish bildirmoqda. Gap Londonning "Vest Xem" va Birmingemning "Aston Villa" klublari haqida ketmoqda.
Mateoning "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
Yarim himoyachi 2023 yilning yozida "Manchester Siti" safini to‘ldirgandi. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 20 million yevroni tashkil etadi.