Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Gvardiol krossvord yechishni yaxshi ko‘radi

Gvardiol krossvord yechishni yaxshi ko‘radi

Yoshko Gvardiol krossvordlarni yechishga odatlanganini aytdi.

“O‘ylaymanki, biz hozir smartfonlarimizda juda ko‘p vaqt o‘tkazyapmiz va buning oldini olish kerak, ayniqsa o‘yinlar oldidan diqqatni jamlash va o‘yin rejasiga sodiq qolish uchun. Ammo rostini aytsam, men krossvordlar yecha boshladim.

Mening augsburglik Kristijan Jakich ismli do‘stim bor. Bir kuni terma jamoa qarorgohida bo‘lganimda uning xonasiga kirib qarasam, u krossvord yechayapti. Va endi men unga bog‘lanib qoldim.

Men kofe ichishni va bir-ikki soatni krossvordlar bilan o‘tkazishni yaxshi ko‘raman”, - dedi “Manchester Siti” himoyachisi.

Kiritildi: 10:08 05.04.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!