Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Gruziyada muxolifat norozilik namoyishlarining yangi to‘lqinini boshladi

Gruziyada muxolifat norozilik namoyishlarining yangi to‘lqinini boshladi

25 oktyabr kuni Tbilisida «Ivanishvilisiz Gruziya» shiori ostida hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi siyosatiga qarshi ommaviy namoyish bo‘lib o‘tdi. Muxolifat va fuqarolik jamiyati vakillari tashkil etgan yurishda minglab odamlar qatnashdi.

«Markaziy Osiyo» nashrining «Doyche Velle» va «Kavkaz tuguni» ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, namoyishchilar Tbilisi davlat universitetidan Rustaveli xiyoboni tomon yurish qilgan. Ular Gruziya, Ukraina va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini ko‘tarib chiqqan.

«O‘zgarishlar uchun koalisiya» yetakchisi Nika Gvaramiya namoyishlarni norozilik harakatining yangi bosqichi deb atadi. Muxolifat 28 noyabr kuni yirik miting o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Noroziliklarga muxolifat partiyalarini taqiqlash ehtimoli va mamlakatning Yevropa Ittifoqiga integrasiyasi bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lmoqda.

Gruziyada ommaviy namoyishlar 2024 yil bahorida «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi ortidan boshlangan. Hukumatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni 2028 yilgacha kechiktirish to‘g‘risidagi qarori esa noroziliklarni yanada kuchaytirgan.

Kiritildi: 17:44 26.10.2026. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!