Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Gruziya muxolifati Yevropa Ittifoqini mamlakat rejimini noqonuniy deb tan olishga chaqirdi

Gruziya muxolifati Yevropa Ittifoqini mamlakat rejimini noqonuniy deb tan olishga chaqirdi

Gruziyadagi to‘rtta yirik muxolifat partiyasi Yevropa Ittifoqi rahbariyatiga murojaatnoma yozib, ularni mamlakatda so‘nggi parlament saylovlari natijalariga ko‘ra shakllangan hukmron rejimni noqonuniy deb tan olishga chaqirdi. Gruziyaning Sova News nashri Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallasga yo‘llangan maktubdan parcha keltirgan.

"Hokimiyat tinch namoyishlarga qarshi uyushtirilgan terror bilan chiqdi. 300dan ortiq kishi, jumladan 73 nafar jurnalist maxsus kuchlar va ko‘cha to‘dalarining zo‘ravonligi qurboni bo‘ldi”, — deyiladi OAV taqdim etgan hujjat matnida.

Muxolifat YEIni bir qator aniq choralar ko‘rishga chaqirmoqda. Ularga ko‘ra, birinchi navbatda “Bidzina Ivanishvilining soxta rejimi Yevropa Ittifoqining barcha tegishli bayonotlarida noqonuniy deb e’lon qilinishi” kerak. Bundan tashqari, muxolifat Gruziyada "demokratiyaga putur yetkazganlarga" qarshi shaxsiy sanksiyalar joriy etish, rossiyaparast amaldorlar uchun viza rejimini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek norozilik namoyishlari vaqtida hibsga olinganlarni ozod qilish va Gruziya xavfsizlik kuchlarining zo‘ravonlik harakatlarini ochiq qoralashni taklif qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:04. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!