Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Pokiston va Hindiston urush arafasida

Pokiston va Hindiston urush arafasida

Pokiston Hindistonning Hind daryosi suvlari to‘g‘risidagi shartnomani to‘xtatish haqidagi bayonotini rad etdi va suv oqimini to‘xtatishga qaratilgan har qanday urinishni urush harakati sifatida baholashini bildirdi.

Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Shahboz Sharif kotibiyatining xabarnomasida aytilgan. Hujjatda ta’kidlanishicha, suv Pokiston uchun hayotiy muhim resurs bo‘lib, aholisi uchun juda zarur. Unga kirishni har qanday narx evaziga himoya qilishlarini aytishgan.

Shu bilan birga, Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif Hindiston Islomobodga qarshi "tajovuz tayyorlayotgani" haqida gapirdi: "Biz tayyormiz va kutmoqdamiz." Bundan tashqari, Pokiston tomoni Hindistonning Paxalgam shahrida sodir bo‘lgan terakt paytida sayyohlarning halok bo‘lganidan tashvishga tushganini bildirdi. Shunga qaramay, Pokiston Nyu-Dehlining reaksiyasini adolatsiz va siyosiy motivlashtirilgan deb hisoblamoqda.

Hind suvlari to‘g‘risidagi shartnoma 1960 yilda Jahon banki vositachiligida Hindiston va Pokiston tomonidan imzolangan.

Kiritildi: 20:13 24.04.2025. O'qildi: 979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!