Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Gruziya Yevropada iqtisodiy o‘sish yetakchisiga aylandi

Gruziya Yevropada iqtisodiy o‘sish yetakchisiga aylandi

Gruziya 2024 va 2025 yillardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha Yevropa va Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda turibdi. Bu haqda Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri o‘rinbosari Vaxtang Sinsadze jurnalistlarga ma’lum qildi.

Jahon bankining «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotiga ko‘ra, Gruziya iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda yetakchilardan sanaladi, Yevropa va Markaziy Osiyoda esa 2024 va 2025 yillarda birinchi o‘rinda qayd etildi.

Sinsadzega ko‘ra, Jahon banki Gruziyaning 2024 yildagi iqtisodiy o‘sishini 9 foiz deya baholadi, bu oldingi prognozlardan 3,8 foiz yuqori, Gruziyada mintaqadagi boshqa davlatlarga nisbatan eng yuqori o‘sish 2025 yilda kuzatilib, 6 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Uning aytishicha, Gruziyada kichik va o‘rta biznes raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan qator davlat dasturlari va yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda, ular mehnat unumdorligi va biznes-muhit jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 01:40 19.01.2025. O'qildi: 1359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!