Gresiyaning shimoli-sharqidagi Piyeria mintaqasida yengil bir dvigatelli samolyot halokatga uchradi, natijada ikkala uchuvchi ham halok bo‘ldi.
Bu haqda mahalliy ERT-news telekanali xabar berdi.
Samolyot Piyeria aeroklub uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida topilgan. Halokat natijasida yong‘in chiqmagan. Yong‘in bo‘limining operasiya markazi voqea joyiga sakkizta o‘t o‘chiruvchini yubordi, ular yetib kelganida samolyot yonidan ikki uchuvchining jasadlarini topdilar.
Hodisa sababi tekshirilmoqda.