Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati dronlar hujumiga uchradi: bir kishi halok bo‘ldi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati dronlar hujumiga uchradi: bir kishi halok bo‘ldi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatidagi dronlar hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi. Bu haqda shahar gubernatori Aleksandr Beglov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sankt-Peterburgda 12 ta ko‘p qavatli va ikkita turar joy binosiga zarar yetgan. “Peterburg neft terminali“, “Ruchi“ neft bazasi va Kolpino tumanidagi sanoat omborlarida yong‘inlar chiqqan.

Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko hududda 144 ta dron urib tushirilganini bildirdi. Viloyatdagi yong‘indan keyin bir ayol va uch nafar bola is gazidan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hujum oqibatida VK ma’lumotlar markazi va Ozon logistika markazi ham zarar ko‘rgan. Ozon ombori xodimlari evakuasiya qilingan, jabrlanganlar yo‘q. Yanino aholi punktida esa qariyb 20 ming kishi elektr ta’minotisiz qolgan.

Kiritildi: Bugun 12:43. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!