Gonkongning Tay Po tumanidagi ko‘p qavatli turar-joy majmuasida yuz bergan yirik yong‘inda halok bo‘lganlar soni 128 nafarga yetdi. Rasmiylarga ko‘ra, qurbonlar orasida bir necha o‘t o‘chiruvchi ham bor.
Fojia natijasida 70 dan ortiq kishi, jumladan 11 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan. 900 ga yaqin aholi evakuasiya qilingan.
26 noyabr kuni Vong Fuk majmuasida chiqqan yong‘in qisqa vaqt ichida fasaddagi bambuk iskalalari va yonilg‘uvchan izolyasion materiallar tufayli keng maydonga tarqalgan. Majmuada qariyb 4000 kishi istiqomat qiladi.
Polisiya qurilish pudratchisi rahbarlaridan ikki nafarini va maslaxatchi muhandisni “extiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish” aybi bilan hibsga oldi.
Gonkong 17 yil ichida birinchi marta yong‘in xavfining eng yuqori — 5-darajasini e’lon qildi. Bu hodisa aholi qurbonlari soni bo‘yicha oxirgi 70 yildagi eng katta yong‘in qaydi bo‘ldi.