Gongkongda turar joy majmuasida sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida kamida 94 kishi halok bo‘ldi — South China Morning Post.
Nashrning xabar berishicha, yana 80 dan ortiq kishi, jumladan o‘t o‘chiruvchilar ham, turli darajada jarohat olgan.
Hokimiyat bu yong‘inga eng yuqori — beshinchi xavf darajasini berdi. Hongkongda yong‘inga bunday kategoriya so‘nggi marta 2008 yilda berilgan edi. O‘t o‘chirish xizmati rahbarining o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, yong‘in shamol va uchib ketgan parchalar sabab “juda katta tezlik” bilan tarqalgan. Yong‘inning rasmiy sababi hali aniqlanmagan.
Yong‘in bilan bog‘liq holda ehtiyotsizlik ortidan odam o‘limiga sabab bo‘lganlikda gumon qilinib uch nafar erkak ushlangani, deyiladi South China Morning Post xabarida.