O‘zbekiston 190 ta o‘rin ichida 67-o‘rinni egallagan. YAIM ko‘rsatkichi yiliga kishi boshiga 10,9 ming dollarni tashkil etgan. O‘rin qanchalik baland bo‘lsa, mamlakat shunchalik qashshoqroq bo‘ladi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston 43-o‘rin (5,8 ming dollar), Qirg‘iziston 48-o‘rin (6,8 ming dollar), Qozog‘iston 128-o‘rinni (34,5 ming dollar) qayd etgan.
Janubiy Sudan, Burundi, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi va Mozambik dunyoning eng qashshoq beshta davlati qatoriga kirgan.