Nashrga ko‘ra, 2 noyabr kuni kechqurun Bremen xalqaro aeroporti yaqin joyda uchuvchisiz uchish apparati aniqlangani tufayli parvozlarni to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Cheklovlar taxminan bir soat davom etgan.
Bu Germaniyada noma’lum dronlar bilan sodir bo‘lgan birinchi holat emas. Avvalroq dron sababli Berlin-Brandenburg xalqaro aeroportining ishi vaqtincha izdan chiqqan edi. 2 va 3 oktyabr kunlari kechqurun noma’lum dronlar paydo bo‘lgani bois Myunxen aeroportida samolyotlarning uchishi va qo‘nishi vaqtincha to‘xtatilgandi.
Bild nashri e’lon qilgan polisiyaning maxfiy hisobotiga ko‘ra, ushbu dronlar harbiy razvedka maqsadida uchirilmoqda