Boris Pistorius Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari lavozimini saqlab qoladi, deb xabar bermoqda N-TV telekanali manbalarga tayanib.
"Boris Pistorius mudofaa vaziri bo‘lib qoladi," - deyiladi nashrda.
Qayd etilishicha, Germaniya Sosial-demokratik partiyasi GFRning yangi hukumatida lavozimlarni egallaydigan vazirlar ro‘yxatini kelishib olgan.