Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniyada qurg‘oqchilik tufayli Elba daryosi sohilidan 250 kilogrammlik aviabomba topildi

Germaniyada qurg‘oqchilik tufayli Elba daryosi sohilidan 250 kilogrammlik aviabomba topildi

Germaniyaning Drezden shahri yaqinidagi Xaydenau hududida qurg‘oqchilik tufayli suvi sayozlashgan Elba daryosi sohilidan og‘irligi 250 kilogramm bo‘lgan aviabomba topildi. Bu haqda Bild nashri mahalliy polisiya ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

O‘q-dori daryo suvi chekinishi natijasida ochilib qolgan shag‘allar orasidan aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aviabomba sovet ishlab chiqarishiga mansub bo‘lishi mumkin.

Bild ushbu topilmaning g‘ayrioddiy ekaniga e’tibor qaratgan. Chunki 1945 yil fevral oyida Drezden kuchli bombardimon qilingan vaqtda shaharga havo zarbalarini asosan Britaniya va AQSh kuchlari bergan edi.

Ayni paytda mutaxassislar aviabombaning kelib chiqishi va uni xavfsizlantirish bilan bog‘liq holatlarni o‘rganmoqda.

Kiritildi: 19:51 17.08.2026. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!