Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Germaniyada nafaqa olib kelgan firibgarlar qo‘lga olindi: ulardan Rolex va qimmat mashinalar topildi

Germaniyada nafaqa olib kelgan firibgarlar qo‘lga olindi: ulardan Rolex va qimmat mashinalar topildi

Germaniya polisiyasi 30 sentyabr kuni Ryodermark shahridagi hashamatli villaga reyd o‘tkazib, ijtimoiy nafaqalarni firibgarlik yo‘li bilan olgan jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga oldi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruh uch nafar Ruminiya fuqarosi va bir nafar Belgiya fuqarosidan iborat bo‘lgan. Villadan qimmatbaho soatlar, zargarlik buyumlari, brend sumkalar, naqd pul va bir nechta lyuks avtomobillar topilgan.

Polisiya kelganida gumondorlar dalillarni yashirishga uringan. Ular qora sumkalardagi buyumlarni qo‘shnilar hovlisiga oshirib tashlagan.

Guruh a’zolari so‘nggi uch yilda 36 ming yevro ijtimoiy nafaqa olgani va 324 ming yevro soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani aytilmoqda. Shuningdek, ular sotgan avtomobillarning yurgan masofasini kamaytirib ko‘rsatgan.

Reyd davomida ikki gumondor voqea joyida qo‘lga olingan. Naqd pul qidirishga o‘rgatilgan xizmat itlari ham besh xonali miqdorda pul topgan.

Kiritildi: 17:57 01.10.2026. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!