Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniyada minglab yoshlar Mers hukumatiga qarshi ko‘chalarga chiqdi

Germaniyada minglab yoshlar Mers hukumatiga qarshi ko‘chalarga chiqdi

Germaniyada yoshlar hukumatning ijtimoiy va iqtisodiy siyosatiga qarshi ommaviy namoyishlarga chiqdi. «Gen Z regelt» harakati tashabbusi bilan 31 oktyabr kuni mamlakatning o‘nlab shaharlarida norozilik aksiyalari tashkil etildi.

Eng yirik namoyishlardan biri Berlindagi Brandenburg darvozasi oldida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda 5 mingga yaqin kishi to‘plandi. Ayrim ishtirokchilar Xellouin liboslarida kelgan, boshqalari esa kommunistik ramzlar va kansler Fridrix Mersning iste’fosini talab qiluvchi plakatlar ko‘targan.

Bild ma’lumotiga ko‘ra, Shtutgartda 3 mingga yaqin, Erfurtda 1900, Rostokda esa 230 kishi namoyishlarda qatnashgan.

Aksiya ishtirokchilari hukumatni yoshlar manfaatlariga yetarlicha e’tibor qaratmayotganlikda ayblamoqda. Ular yashash xarajatlarini kamaytirish, ta’limga ko‘proq mablag‘ ajratish va iqlimni muhofaza qilish choralarini kuchaytirishni talab qilmoqda.

Namoyishchilar, shuningdek, majburiy harbiy xizmatni joriy etish va qurollanish xarajatlarini oshirish rejalariga qarshi chiqmoqda.

Kiritildi: 23:52 31.10.2026. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!